Tibbiy  genetika o'quv fanini o'qitishdan maqsad–talabalarga tibbiy genetika  kasalliklar profilaktikasini, erta diagnostikasi va davolash usullarini o’rgatishdan iborat.

Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar:

- nasliy va tug’ma  kasalliklar haqida zamonaviy tushunchalarga ega  bo'lishi;

-nasliy patologiyaning tasnifi, kechishini klinik  xususiyatlari, etiopatogenezi, klinik diagnostika umum tamoyillari va profilaktika choralari.

-umumiy belgilarini bila olish, bemor fenotipik tahlilini tasvirlaganda to'g’ri atamalarni ishlata olish;

-antropometriya o'tkazish;

-metafaza plastinkalarini tahlil qilish;

-nasliy  kasalliklar diagnostika uchun klinik geneologik, tsitogenetik va boshqa  usul ahamiyati;

-prenatal  diagnostika masala va usullari, ularga ko'rsatmalar va bo'lishi mumkin bo'lgan xato va asoratlari haqida tasavvurga ega bulishi;



Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga irsiy kasalliklar etiologiyasi, patogenezni, kelib chiqish mexanizmini, klinik polimorfizm sabablari haqidagi bilimlarni egallash va ushbu bilimlarni irsiy kasalliklar differentsial diagnostikasi va oldini olish choralarini o’rgatishda “Pediatriya ishi” ta'lim yo’nalishining DTS va bakalavrlarni malaka tavsifnomasiga mos ravishda bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdir.

Fanni vazifasi:

- talabalarga irsiy kasallik bilan murojat qilgan bemorni qabul qilishni, anamnezni to’gri yig’ishni;

- bemorni ko’rikdan o’tkazish uchun propedevtik ko’nikmalarini egalashlarini;

- genetikani o’rganish usullarini irsiy kasalliklar diagnostikasida to’g’ri qo’llashni;

- davolash haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lishni;

- irsiy va tug’ma kasalliklarni erta diagnostikasini to’gri tashkil qilishni;

- laborator tekshiruv uchun biologik materiallarni to’plashni;

- keng tarqalgan irsiy kasalliklarining oldini olish choralarini;

- aholi o’rtasida qarindoshlar nikohi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari to’grisidagi tushunchalarni keng targ’ib qilish;

- sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishni;

- tibbiy genetikaning zamonaviy usullari to’g’risidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishdan iborat.