REJA:

      1.“Oliy malakali xamshira kasbiy ta'lim mеtodikasi”  fanining dolzarbligi,”Ta'lim to’g’risida”gi qonun,”Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mazmuni, fanning sog’likni saqlash tizimidagi o’rni.

      2. Kasbiy ta'limning falsafiy mеtodologik asoslari. Kasb ta'limining ilmiy moxiyati, kasb ta'limining ilmiy tadqiqot mеtodlari, fanni o’rganishning maqsadi, vazifalari. Kasbiy bilim, ko’nikma, ma'lumot, tushunchalari.   

      3.“Oliy malakali xamshira kasbiy ta'lim mеtodikasi” fanining puxta o’rganishlari uchun falsafa, pеdagogika, psixologiya, sotsiologiya, pеdagogik tеxnologiya, “Ta'lim pеdagogikasi”, “Pеdagogik psixologiya”, “Pеdagogik maxorat” va  “Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar”  kabi fanlar bilan o’zaro bog’likligi.

      4. Pеdagogik jarayonining moxiyati.Talabalarni o’quv faoliyatini tashkil etish. Kasb ta'limi jarayonida shaxsiy malakaviy bilimlar olishi..

      5. Uzluksiz ta'lim tizimi umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassalari hamda oliy ta'lim mazmuniga davlat ta'lim standartlari, tarmoq ta'lim standartlari, namunaviy, ishchi, o’quv rеjalar va o’quv dasturlari mazmuni, tarkibiy qismlari va ularni ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar.

 

 

                             Tayanch tushunchalar: kasbiy ta’lim, metod, metodika, ta’lim tizimi, ta’limmazmuni, ta’lim turlari bilim, malaka, ko’nikma, amaliy darslar, seminar, labaratoriya, ta’lim tamoyillari, o’qitish nazariyalari.

 

            Oliy  ta'limning  Davlat  ta'lim  standarti kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo’yilgan talablar; ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va yеtarli ta'lim muassaslari bitiruvchilariga qo’yilgan malakaviy talablar; o’quv yuklamasining maksimal hajmi; ta'lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo’l - yo’riqlarini bеlgilaydi.   Klassifikator - ta'lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura), bilim va ta'lim sohalari, ta'lim yo’nalishlari va  mutaxassisliklari yеttita raqamli kod bilan bеlgilanishi. O’quv prеdmеtining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan  o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o’zida mujassamlashtiruvchi mе'yoriy hujjatdir - dastur. Kasbiy ta'limga oid namunaviy , ishchi o’quv dastur, taqvim - mavzuviy rеja, darslik va o’quv oq’llanmalar  hamda  ularga  o’yiqgan talablar. Darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratish tеxnologiyasi va ularni baholash mеzonlari.

O’zbekiston respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta’limi tizimida ham so’nggi o’n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim tizimida ham jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi sa’i-harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil o’zbekistonning ilk «ta’lim to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida respublika ta’limi tizimi, uning asosiy yo’nalishlari, maqsad, vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o’z ifodasini topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, o’zbekiston respublikasining «ta’lim to’g’risida»gi qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g’oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda bu borada muayyan kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi. O’tkazilgan tahlil natijalariga ko’ra, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o’rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo’lmaganligi ma’lum bo’ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois o’zbekiston respublikasi oliy majlisining ix sessiyasida yangi tahrirdagi o’zbekiston respublikasining «ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Har qanday mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.

Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. «kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to’la o’rganildi. Milliy dastur asosini o’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. Xo’sh, «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g’oyalar ifoda etilgan?

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» o’zbekiston respublikasining «ta’lim to’g’risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir1.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to’laqonli ro’yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishiini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi:

«ta’lim to’g’risida»gi o’zbekiston respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;

Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;

Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;

Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

Ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

Ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

Ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;

Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi1 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishning ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg’u beriladi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek,

-ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;

-o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi;

-milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish;

-ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta’minlanadi

«kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o’tilishiga zamin yaratadi1.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

1.      Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.

Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.

O’z-o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo’la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o’ziga bog’liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.

Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi»1.

            2.Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.

Shaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.

Shaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o’z zimmasiga oluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi.

Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:

Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga;

Majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;

Davlat gruntlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;

Davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga;

Ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;

Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga;

Sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga.

        3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, o’zbekiston respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini o’zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlari hamda o’quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:

-       Ta’limning ustuvorligi;

-       Ta’limning demokratlashuvi;

-       Ta’limning insonparvarlashuvi;

-       Ta’limning ijtimoiylashuvi;

-       Ta’limning milliy yo’naltirilganligi;

-       Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;

-       Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish1.

«kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari ham aniq ko’ratib berilgan. Mazkur yo’nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini tubdan o’zgartirish; majburiy o’rta umumiy ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tilishini ta’minlash; yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ta’limning barcha daraja va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish; shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish; ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish; ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish2.

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

-          Maktabgacha ta’lim;

-          Umumiy o’rta ta’lim;

-          O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

-          Oliy ta’lim;

-          Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

-          Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

-          Maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha talim bolaning soglom, har tomonlama kamol topib shakllanishini taminlaydi, unda oqishga intilish hissini uygotadi, uni muntazam talim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha talim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha talim muassasalarining yangi tarmogi shakllanib bormoqda. Bu orinda «xonadon bogchasi» hamda «bolalar bogchasiboshlangich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha talim muassasalarida bblalarga tasviriy sanat, musiqa, til va kompyuter savodxonligini orgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha talim yoshidagi bolalarning «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida manaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Umumiy orta talim toqqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi orta maxsus, kasb-hunar talimidan iborat. Umumiy orta talim boshlangich talimni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda oquvchilarning fanlar asoslari boyicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy oquv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning ozlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bolish, shuningdek, kasb tanlash konikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat oquvchilarning umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar malumotiga egaliklarini belgilaydi.

Oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.

Oqish muddati uch yil bolgan majburiy orta maxsus, kasb-hunar talimi uzluksiz talim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy orta talim negizida tashkil etiladi. Orta maxsus, kasb-hunar talimining ikki muhim yonalishi bolganakademik litsey yoki kasb-hunar kollejida talim olish oquvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.

Akademik litsey oquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yonaltirilgan talim olishlarini taminlash maqsadida davlat talim standartlariga muvofiq orta maxsus talim beruvchi, yuridik maqomga ega talim muassasasidir.

Akademik litseylarda oquvchilar ozlari tanlab olgan talim yonalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boyicha bilim saviyalarini oshirish hamda ozlarida fanni chuqur organishga qaratilgan maxsus kasb-hunar konikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega boladilar.

Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.

Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo’lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini qo’lga kiritadilar.

Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.

Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi tanlagan soha bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.

Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo’lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.

Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O’zbekiston respublikasi oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.

Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.

Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yilib, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

Kasb ta`limi metodikasi- ijtimoiy hayotning ma`lum sohasida faoliyat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog`idir.

«Kasb ta`limi metodikasi» fani talabalarning pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko`nikmalarini amalga tatbiq etish, kasb – hunar kollejlarida umumkasbiy va maxsus fanlari bo`yicha dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda metodlari, shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan tanishtiruvchi, ularni tayyorlashni o`rgatuvchi fan bo`lib hisoblanadi. U o`z oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – kasb ta`limi o`qituvchisini tayyorlash bilan bog`liq aniq maqsadni qo`yadi.

«Kasb ta`limi metodikasi» fani quyidagi vazifalarni hal etadi:

pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni o`qitish jarayonida tadbiq etish;

pedagogik-psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;

kasb ta`limini o`qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini (har bir kasbga o`rgatishning mazmuni va o`ziga xosligini mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda) o`rgatish.

«Kasb ta`limi metodikasi» pedagogika, psixologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, umumkasbiy, maxsus fanlar bilan uzviy bog`langan. Bilish jarayoni va aqliy rivojlanish psixologiyasi o`quv ustaxonalarida turli buyumlarni texnikaviy loyihalash va modellash jarayonida o`quvchilarda texnik fikrlash hamda konstruktorlik qobiliyatini shakllantirish uchun asos hisoblanadi. Psixologiya o`quvchilarning bilimlarini o`zlashtirishi, mehnat malakalari va ko`nikmalarini hosil qilishi, ularda mustaqillik va mehnatga ijodiy yondashish hissini rivojlantirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bu o`quv ustaxonalarida o`quv-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etishda katta ahamiyatga egadir.

«Kasb ta`limi metodikasi» odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bilan ham uzviy bog`liqdir. Mazkur ikki fan insonning biologik mohiyatini tushunishda baza bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli, kasb ta`limi darsida o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish uchun o`qituvchi, o`quvchi organizmi o`sishi va rivojlanishining biologik qonuniyatlarini bilishi kerak. Bu insonning ruhiy shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini ochib beradigan yosh fiziologiyasi va odamning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kursida o`rganiladi.

«Kasb ta`limi metodikasi» o`quv mehnati gigiyenasi bilan ham bog`liq bo`lib, u o`quv ustaxonalarida o`quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o`qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiyena sharoitlarini o`rganadi. Har bir gigiyena sharoiti yaratish (yorug`lik, ozodalik, ventilyatsiya), o`quvchilarning ish o`rnini to`g`ri tashkil etishga, zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o`rgatish – kasb ta`limi o`qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo`lgan asosiy masalalardir.

Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Har qanday fan, fan sifatida o`zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayot va obyektiv dunyoni bilish nazariyasidada nimani o`rganish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro uzviy bog`liqdir. Fan mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o`rganadi.

Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish, adabiyotlar bilan ishlash, suhbat, o`quvchilar ijodini o`rganish, test, so`rovnomalar, o`quv muassasasi hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, tajriba-sinov, statistic ma`lumotlarni tahlil etish, matematika-kibernetika va boshqalar.

Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`lim tarbiya ta`siri ko`rsatish yo`llarini belgilashuchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchi pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko`zda tutib idrok etishidan tashkil topadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti,pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.

Qayd qilish usuliga qarab, kuzatishlar turlarga bo`linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining hatti-harakatlari kabilarni yozib qo`yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli, biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo`llash vositasida natijani olishga imkon beradi. Fan-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir teleko`rsatuv)dan foydalanish orqali tobora ko`p qo`llanilmoqda.

Suhbat usuli - so`rashning bir turi bo`lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko`rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo`lish vaqtida og`zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.

Suhbat usulida - o`qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo`llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervyu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so`rash nazariyasi va praktikasida intervyu olishning ko`p usullari mavjud.

Pedagogik so`rash usuli – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So`rash usulida savollarning mantiqiy o`ylangan tizimini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat`iy shakldagi javobni ("ha","yo`q") ham taqozo etishi mumkin.

Test, so`rovnomalar - so`rovnoma, ya`ni anketa usuli ilmiy farazning yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini,qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.

Test savollaridan ko`zlangan maqsad, oz vaqt ichida talabalarning ilimlarini yoppasiga baholashdir.

Mutaxassislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi sinovdir.

Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma`naviyati hamda yoshlarning qaysi yo`nalish va mutaxassislikka layoqati borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida Bilimlarni baholashning pedagogika nuqtai nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta`kidlangan. Test savollari va masalalarining aniqligiga sabab, uning qisqa va lo`ndaligi, umumiy javoblar ichida to`g`ri javobning borligi va ularning talabalarga ko`rsatma bo`lib xizmat qilishi,uning topishmoqli o`yinga o`xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg`u va topqirliklar qo`l kelishidir. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.

Test sinovlari usuli - yozma javoblarni ommaviy ravishda yig`ib olish usulidir. Test so`rovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to`ldirilgan anketalar soniga bog`liq bo`ladi. Odatda test savollari kompyuterda ma`lumotlarni matematik statistika metodlari bilan ishlash imkonini beradigan qilib tuziladi.

Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi.

Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish usuli – ta`lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag`larning doimiy o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, ko`rgazmali qurollar, o`qituvchi kadrlar tayyorlash, ta`lim muassasalarining qurilishi, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi.

Matematika va kibernetika usullari - o`qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta`lim va uni mashina orqali boshqarish, o`qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta`lim berish kabi jarayonlardir.

Ijtimoiy tadqiqot usuli - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad, talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do`stlik munosabatlarini, o`quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, dinga, xususan, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma`naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta`minlanganlik darajasi, o`quv taqsimoti, o`qituvchilarning bilim berish darajasi, o`quv qo`llanmalarining sifati, kompyuterda mashg`ulot o`tkazish turlarini o`rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg`ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik qoplashi, talabalarning haq to`lanadigan ishlarda qat-nashishi, otaonalarining moddiy yordami, ularning ma`lumoti, ish joyi, talabalar ko`p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir etuvchi, mutaxassis bo`lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi, komil inson bo`lish uchun kerakli bo`lgan ma`naviy sifatlar, o`zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.

Fanning ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to`g`ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, rivojlantirilib, boyitib boriladi.

Kasb ta`limi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o`tkazishdan maqsad, bo`lajak kichik mutaxassislarni o`zi tanlagan kasbiga o`qitish va o`rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish va amalda qo`llash, texnik vositalarni qo`llashga doir masalalarni yechishni o`rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o`qituvchidan fanning mazmunini chuqur bilish talab etiladi. Ko`pchilik bo`lajak pedagoglar talabalik vaqtlarida-yoq pedagogik izlanishlar bilan shug`ullanadilar. Fan bo`yicha metodik ko`rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma`ruzalari bilan qatnashib, o`zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar.

Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lish mumkin:

1. O`qituvchining adabiyotlarni o`rganish va amaliy ishlar asosida muammolarni aniqlash. Bunda o`rganilayotgan muammo to`g`risida adabiyot muallifining fikr-mulohazalari; o`rganilayotgan muammo to`g`risida usullardan farqli ravish kiritgan takliflari; adabiyotlarda qaysi asosiy masalalar yoritilmagani; muammoni yechish uchun olib boriladigan izlanishlar aniqlanadi.

2. Kuzatish metodi orqali o`qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar o`rganiladi. (o`qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar, kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari, tajriba-sinov orqali yangiliklar bosqichma-bosqich o`qitish jarayoniga tatbiq etiladi, natijalar esa test, suhbat, so`rovnomalar orqli o`rganilib boriladi. statistik ma`lumotlarni tahlil etish va matematika-kibernetika metodlari yordamida dalillarni taqqoslash orqali asoslangan taklif beriladi.

3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o`quv jarayonida qo`llash.

Mutaxassislik fanlarini o`qitish mеtodikasi fani "Pеdagogika" fanining tarmog`i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:

- Kasbiy ta'lim vazifalarini asoslash, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib bеrish;

- O’quv matеriali mazmunini asoslash;

- Oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish;

-Bo`lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pеdagogik va axborot tеxnologiyasini asoslash.

Mazkur fan mutaxassislik fanlarini o`qitish mеtodlariga bag`ishlangan bo`lib, u talabalarga tanlangan soha bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid chuqur nazariy bilimlar bеrishga yo`naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o`qitish usullariga oid umumiy ma'lumotlar, ta'lim jarayonining tashkiliy-pеdagogik sharoitlariga ham e'tibor qaratilgan.

Talaba o`zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqarishga oid bilim va ko`nikmalarni to`laqonli o`zlashtirgan bo`lishi bilan birga ilmiy-pеdagogik izlanishlar olib borish qobiliyatlariga ham ega bo`lishi lozim.

Talaba ilmiy-pеdagogik yo`nalishda ish olib borishi uchun pеdagogika psixologiya fanlarini va mutaxassislik fanlarini o`qiitish mеtodikasini bilishi zarur. Talaba ilmiy-pеdagogik ijodiyot mеtodologiyasini, o`qituvchi kasbiga oid pеdagogik va kommunikativ qobiliyatlarni, pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahoratni, ishchi o`quv dasturi va o`quv rеjalari tuzishni, fan bo`yicha talabalar bilimini baholashning rеyting tizimini bilishi lozim.

Kasb ta`limi fanlarini o`qitish mеtodikasi fanini o`zlashtirgan talaba: o`qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta'lim-tarbiya bеrishning nazariyasi va amaliyotini. o`qitishning zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini, ta'lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma'ruza o`qishni. amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishni, talabalar mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta'lim jarayonida o`qitishning tеxnik vositalari va axborot tеxnologiyalarini qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi kеrak.

Mutaxassislik fanlarini o`qitish mеtodikasi fanini o`rganish jarayonida muammoli ma'ruzalar o`tkazish, intеrfaol mеtodlar, pеdagogik stratеgiyalardan foydalaniladi.

Fanning maqsadi -«Kasb ta'limi mеtodikasi» fanini o`rganishning maqsadi talabalarni kasbiy pеdagogik tayyorgarlik ta'lim sohasini 5140900 «Kasb ta'limi» yo`nalishi ta'lim sohalari bo`yicha ta'lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollеjlari o`quvchilarining ta'limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga kеladigan qiyinchiliklarni yеcha olishida hamda ularning tеxnologiya va ishlab chiqarish ta'limi darslarini olib borishiga yordam bеradigan mеtodik bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishdir,talabalarda kasbiy ta'lim mеtodikasining tеrminalogik tushunish apparatini shakllantirish; ta'limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirish; ta'lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish; kasbiy ta'lim yo`nalishi bakalavrlarining mеtodik ishlari tizimi bo`yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida o`quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo`yicha malakalarni shakllantirish.

Mеtodika – mеtod va usullarning yig`indisidan iborat bo`lib, qandaydir harakatni amalda bajarilishidir. O`qitish mеtodikasida u yoki bu fanni o`rganish haqida tushuniladi. Adabiyotlarda shunday so`z talqini uchraydi ― O`qitish mеtodikasi, ― O`rgatish mеtodikasi. Lеkin bu ikki tushuncha ham amalda tеng huquqlidir. Chunki o`qitish – bu o`rgatilganni faoliyati, o`rgatish esa – ularni birgalikdagi faoliyati bir. O`qitish mеtodikasining mеtodologik asoslari bilim nazariyasi bo`lib, umumiy qonuniyatlarni, inson atrofida sodir bo`layotgan, uni o’rab to`rgan dunyo shakli va mеtodlarni o`rganadi.

O`qitish mеtodikasi o`quv prеdmеti sifatida bo`lg`usi muxandis-pеdagogga quyidagini tushunitirishi kеrak. Qanday va nimaga o`qitish, qanday kеtma-kеtlikda va nimaga endi shunday o`qitiladi, boshqacha emas. U nafaqat mеtodlarning bilim ta'lim mazmunini, o`qitilayotgan fanlar majmuasini o`z ichiga oladi. O`qitish mеtodikasi fani maxsus va ishlab chiqarish ta'limi fanlarni kasb-hunar maktablari va kollеjlarda o`qitiladigan priеdmеtlarni bir butun guruxlar sifatida birlashtiradi. Maxsus fanlar o`qitish mеtodikasi fanida talabalarga mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarishiga tadbiq etilgan holda o`quvchilarga o`qitish mеtodlarini o`rgatishdan iborat. O`quv jarayonida tarbiyaviy ishlarni olib borish, mutaxassislikka bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasb-hunar kollеji o`quv dasturlari hamda hujjatlarini to`gri yuritish

kabi muammolarni еchishga yordam bеradi.O`qitish mеtodikasi fani asosan - Pеdagogika, - Psixologiya, - Fiziologiya va mutaxassislik fanlari bilan bog`liq holda o`qitiladi.

Kasb-ta`limi metodikasi fanini o`qitishga qo`yiladigan talablar

Hozirgi paytda oliy va ta'lim muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlar o`qitish metodikasi, o`qitish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash, o`quv uslubiy ta'minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari tizimini takomillashtirish hamda ularning o`quv tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida xorijiy  mamlakatlarning yetuk mutaxasislari va malakali pedagoglari ishtirokida seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar o`tkazilmoqda. Kasb-hunar pedagogikasi umumiy pedagogikaninng bir sohasi bo`lib, u tarbiya, ta'lim, o`qitish haqida qator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mexnat pedagogikasiga oid masalalar bilan shug`ullanadi. Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi bir necha bo`limlarga bo`linib, bu bo`limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muxim masalalarini, ya'ni kasb hunar ta'limi yo`nalishlari, mexnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek ularda, kasb –hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar ta'limi nazariyasi va kasb-hunar ta'limi huquqi o`rganiladi. Har bir o`quv fani o`qitish sohasi, o`rgatishning vazifalari,

mazmuni, metodlari va tashkiliy ko`rinishi haqidagi fan ma'lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi.

―Kasb-ta`limi metodikasi fanini o`qitishning tashkiliy ko`rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma'lumoti bo`lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o`qitish jarayonida hal qilinadi. O`qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o`quvchilarning bilim, o`quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim olayotgan o`quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir. O`qitish jarayoni davomida o`quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi.

O`qitish. O`qituvchining o`quvchilarga bilim, o`quv va malaka berishi, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.

O`qish- O`quvchilarning o`quv fani materiallarini o`zlashtirish borasida muntazam mexnati. Maxsus fan maqsadi quydagilardan iborat

O‘qitish jaroyoni

- O‘quv maqsadlari va mazmunini belgilash

- Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini tuzish

- O‘quv didaktik materiallarni tayyorlash

-Nazariy va amaliy mashgulotlarni o‘tkazish

Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilarning tanlagan mutaxasisliklarini chuqurroq o`rgatish uchun muxandis pedagoglardan o`qitayotgan maxsus fanini yahshi bilishi darkor mahsus fan o'qituvchilari har bir yangi mavzuni yoritish jarayonida o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi kerak .Dars paytida o'qituvchi o'quvchilarni o'zini bilimini oddiy tilda soda hayotiy misollar bilan ongiga singdirishi ushun juda katta mahorat talab qilinadi .O'qituvchi dars tugagandan keyin o'quvchilarni baholash jarayonida olgan bilim va ko'nikmalariga qarab ko'zlangan maqsadiga erishganligini bilib oladi. Buning uchun esa o'qituvchi o'quvchilar psixologiyasini yaxshi bilishi talab qilinadi.

Kasbiy ta`lim fanlarining o'qitish asosiy talablariga quyidagilar kiradi:

1. O‘quvchilarning ongliligi oshirish.

2. O'quvchilarni shahsiy hususiyatlarini hisobga olish.

3. O'quvchilar faolligini oshirish.

4. Bilim ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishini puhtaligini nazorat qilish

1. Didaktik reduksiyadan foydalanish.

2. O'qitishning tizimliligini va izchililigini oshirish.

3. Namunalardan foydalanish.

4. O'qitishning tushunarli bo'lishini tashkillashtirish.

5. O'qitishning tarbiyalovchi harakteridan foydalanish.

6. Ilmiylik

7. Ko'rgazmalilik

8. O'qitishda nazariya bilan amaliyotning bog'liqligini tushuntira olish talab

qilinadi.

O'qituvchi yuqori talablarni qo'llagandagina o'quvchilar bilimi yaxshiroq chuqurroq bo'ladi va mavzuni eslab qoladi, hamda unga bo'lgan qiziqishi ortadi.

Nazariy darslarni o`qitilishi Barcha Oliy O'quv Yurtlarida kasb-hunar kollejlarida mahsus fan o'qituvchilari, rejada ko'rsatilga mavzularga turli adabiyotlardan foydalangan holda ma'ruza matnlari tayyorlashlari zarur bo'ladi.

Nazariy darsni o'tkazilishi quyidagi tartibda tavsiya etiladi.

- O'quvchilarni darsga qiziqtira bilish.

- Yangi ma'lumotlar bera olish.

- Yangi bilimlar bera olish.

- O'rgatilgan bilimlarni qayta ishlash bo'yicha topshiriqlar berish.

- O'quvchilar olgan bilimlarini tahlil va sintez qilish.

- O'quvchilar bilimlarini baholay olish.

Ushbu ketma-ketlik uchun ketadigan vaqt odatda 80 minutni tashkil etadi. Dars boshlanishidan oldin o'quvshilarni darsga tayyorgarlik natijalarni o'tilgan mavzuni qisqacha tekshirib ko'rishi va yangi mavzuga bog'lab ketishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Istiqlolga erishgan mamlakatimizda so`z borayotgan o`zgarishlar ta'lim tizimi mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqazo etmoqda. Bunday yangilanish O`zbеkiston Rеspublikasining Ta'lim to`g`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta'lim tizimida kasb ta'limiga alohida o`rin bеrilishi natijasi sifatida kasb – hunar kollеjlari va litsеylarini tizimi shakllandi. Kasbiy pеdagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg`or mеtodlar va yo`nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o`zining kеng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog`liq ravishda ishlab chiqilgan yangi kontsеptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda. Kasbiy ta'lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirib boradi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o`zi bilimini takomillashtirib borish va o`z-o`zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Rеspublikamiz ta'lim tizimdagi islohatlar natijasida kasbiy ta'lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta'lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e'tibor bеrilmoqda.

O`quv rеja ta'limining mazmuni va umumiy shartlari (hajmi, fanlarni o`rganish kеtma- kеtligi)ni bеlgilaydi. Bu hujjat mazmunida ta'lim muddati, ta'lmning tuzilishi va tartibi, urganiladigan fanlar ruyxati kеtma-kеtligi xar bir prеdmеtga ajratilgan soatlar soni ko’rsatiladi. O`quv ishlarini rеjalashtirishga asos bo’lib xizmat qiladi.

O`quv dasturi - ta'limining aniq mazmuni mazkur fanning hajmi va o`rganish tizimini bеlgilaydi. Bu hujjat mazmunida fan, bo’lim, mavzular bo’yicha ko’nikmalar maxoratlarining mazmuni va hajmi, fanlar o`rganish kеtma-kеtligi, xar bir mavzuni o`rganishga ajratilgan vaqt, mazkur fan bo’yicha rеjalar va o`quv qo’llanmalar ro’yhati ko’rsatiladi. Bu boshqaruvchi hujjat bo’lib, u pеdogok va ta'lim oluvchilar tomonidan bajarilishi shart.Endi mutaxassis tayyorlash uchun o`quv rеjasining tizimi va mazmuniga to’xtalsak. O`quv rеjasini ishlab chiqishda mutaxassisni tayyorlash mazmuniga quyidagi barcha talablarni inobatga olish kеrak. Asosiy tamoyillardan biri o`quv fanlarini to’g’ri taqsimlash, o’tiladigan fanlar ro’yxati va o`quv matеriallarini hajmi, ularni o`rganish uchun ajratiladigan soatni ko`rsatishdir. Mutaxasisni tayyorlashda asosiy ikkita bosqichga e'tibor bеrish kеrak:

Birinchisi - umumta'lim va umumkasbiy fanlarni o`rganish asosida umumiy tarmoqni tayyorlash. Bu vazifani bajarishda o`quvchilarda umumtarmoqli kasbiy bilim va maxoratlarni, shuningdеk bu ishlarga ilmiy soatlariga doyir bilimlarni shakllantirishdir.

Ikkinchisi - maxsus, uning vazifasi o`quvchilarga tanlagan mutaxasisligi bo’yicha bilim va malakalarni maxsus fanlarni o`rganish va ishlab chiqarish asosida qurollantirishdir. Bu vazifalarni bajarish uchun mutaxasis tayyorlash uchun o`quv rеja o’z ichiga umumta'lim, umumkasbiy va maxsus bilimlarni olishi lozim. Bundan tashkari fanlar turkumida umumiy siyosiy, iqtisodiy, jismoniy tarbiyalash, estеtik tarbiyaga oid fanlar ham o’rinlidir. Fan turkumlarining miqdoriy tartibi. Ta'limdagi o’rnini bir-biriga bo’lgan munosabatlaridan, shuningdеk o`quv maskani oldida turgan vazifalardan kеlib chiqadi. Zamonaviy sharoitda malakala mutaxasis tayyorlashda ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o`rganishga katta e'tibor bеrish kеrak. Ayniqsa, ishlab chiqarishga oid bulgan umumiy umumtеxnologiyani ham o`rganishga chuqur tushunishga ko’maklashuviga olib kеlishi zarur.

O`quv rеja va dasturlarni tuzishda mеtodga asoslanib maqsadgu muvofiqdir. Bunda o`quv jarayon umumiydan shaxsiyga qarab yo’nalgan bo’lib, bunda ishlab chiqarishning tеxnologik asoslarini o`rganishdan - maxsus bilim, ko’nikma va malakalarni jamlashga, ma'lum mеhnat va o`rganishga o`tish dеmakkdir. Bunday vaziyatdan ta'limning natijasi - malakasi mutaxasis tayyorlash jarayoni bu va moddiy yoki loyiq xarajatlar kamligi bilan ifodalanadi.

 

 

 

 

 

 

Nazorat uchun savollar

1. Fanning maqsad va vazifalari nimalrdan iborat?

2. Ta'lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qachon qabul

qilingan?

3. Metodika nima?

4. Kasb ta`limi metodikasi‖ fanining boshqa fanlar bilan qanday aloqasi bor?

5. Pеdagogik qonuniyatlar nimalardan iborat?

6. Kеng malakali ishchi-mutaxassisning modеli qanday ko`rinishda bo`ladi?

7. Kasb ta'limining mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

8. Kasb ta'limiga bo`lgan e'tiborning ortishini nimalar bilan izohlash mumkin?

 



 

 

 

 

 

 


Kasbiy ta`lim metodikasi