1998 yil 10 noyabrda sog‘liqni saqlash tizimini 1998-2005 yillarda  islox qilish Davlat dasturini qullab quvvatlovchi Uzbekiston Respublikasi Prezidentining  Farmoni elon qilindi. Bu dastur tarmoqni tashkil etishni, moliyalashtirish va boshqarishni mukamallashtirish,sog‘liqni savklash tizimining imkoniyatlarini rivojlantirish  bilan bog‘liq  isloxotlar Konsepsiyasini va asosiy-chora tadbirlarini belgilab berdi. Isloxotlarning asosiy maqsadi- mamlakatda aholi salomatligini yaxshilashni va saqlashni ta’minlovchi sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakillantirish.

Davlat dasturida, quyilgan maqsadga muvofiq ravishda, isloxotlarning asosiy vazifalari xam belgilangan:

Davlat tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitar yordamning kafolatli darajasi va sifatini ta’minlash;

Aholiga kursatiladigan tez tibbiy yordam tizimini mustahkamlash;

Davollash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini mukammallashtirish, umumiyamaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich utish;

Tibbiy xizmat bozorini va sug‘urta tibbiyotini tashkil etish;

•      Sog‘liqni saqlash boshqaruv tizimini soddalashtirish evaziga samaradorlikni oshirish, davollash-profilaktik muassasalarga erkinlik berish, sog‘liqni saqlashda nodavlat sektori va xususiy  davolash amaliyotini rivojlantirish;

•      Byudjet sarf-xarajatlarini samaradorligini oshirish va qushimcha moliyalashtirish manbalarini jalb etish orqali sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy asosini takomillashtirish;

•      Tarmoqni isloh kilishning xuquqiy-me’yoriy bazasini yaratish;

•      Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va professional malakasini oshirish jarayonini mukammallashtirish;

•      Jismoniy tarbiyani aholi turmush tarziga kiritish va aholi salomatligi profilaktikasining turli shakillarini rivojlantirish;

•      Halqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaga chet elsarmoyalari va texnologiyalarini jalb etish;