Terapiya fani- tibbiyot institutlari talabalari uchun mo’ljallangan bo‘lib, unda ichki a’zolar barcha tizimlarining kasalliklari yoritilgan. Bunda nafas olish, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, qon yaratish va biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, patomorfologiyasi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi va davosi aks ettirilgan.Fanda kasalliklar haqidagi yangi ma’lumotlar: kasalliklar rivojlanishining yangi mexanizmlari, xalqaro tasniflar, kasalliklarni tashxislash va davolashning xalqaro standartlari bilan boyitildi.